UzBarca.Ru
KirishRo'yxatdan o'tish
Reklama:
» Fanatuz.ru - yangicha futbol menejer.
Luis Enrike Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan Alba haqida gapirdi
. Qo‘shdi: ASADBEK
. 09.11.2018, 11:38 – . 45

.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike joriy hafta jamoadan nima istayotganligini so'zlab berdi. Barselonaning sobiq ustozi Albani birinchi marta terma jamoaga chaqirgani haqida ham gapirib berdi.
"Men qarorimni boshqalarning fikriga asoslanib chiqarishim shart emas,"dedi u.
"Bu dunyoda qarorlarni chiqarish juda qiyin masala. Jordi Albaning milliy terma jamoaga kelishi ortida hech qanday yashirin sir yo'q.
Hech narsa o'zgarmadi. Hech qaysi o'yinchi bilan shaxsiy muammoyim mavjud emas.
Bu xonada Jordi Albani biz (terma jamoadagi rasmiylar)dan yaxshi biladigan inson bor deb o'ylamayman. U jamoaning sardorlaridan biri bo'ladi. Bundan tashqari u terma jamoada eng ko'p uchrashuv o'tkazgan uchinchi o'yinchi.
Qisqasi, men Jordi haqida hammasini batafsil aytib berishim shart emas. Barcha chaqirilishi kerak bo'lgan futbolchilar chaqirildi.
Men uni iliq kutib olaman, tamom! Yangi futbolchilar bilan ham shunday. Mening vazifam qarorlarimni shaxsiy munosabatlarga asoslanmagan holda chiqarish. O'yinchilar buni tushunishlari lozim.
Jamoaning qaysi o'yinchisiga o'xshayman? Menimcha Jordi Alba, biroz undan baland bo'lsam ham..."
Luis Enrike
Fikrlar
Fikr bildirish uchun saytimizdan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Umumiy: 2